Bu ishni Levandovski va Mbappedan boshqasi eplolmadi

  • 20.12.2021 13:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe joriy kalendar yilida o‘zining kiritgan gollari sonini 50 taga etkazib oldi.

Bugun o‘zining 23 yoshini qarshi olayotgan frantsiyalik futbolchi 2021 yilning yanvar – dekabr oylari oralig‘ida klub va terma jamoa safida jami 51 ta gol urdi.

E’tiborlisi, Mbappe Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida 2021 yilda 50 tadan ko‘p gol urgan ikkinchi futbolchiga aylandi. Bu borada "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski yaqqol peshqadamlik qilmoqda. Polshalik futbolchi hisobida hozircha 69 ta gol mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!