“Real” va “Barsa” bir o‘yinchini talashmoqda
Ispaniya chempionatining eng nomdor klublari – “Real” va “Barselona” yozgi transferlar vaqtida “Borussiya” himoyachisi Rafael Gerreyruni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
28 yoshli o‘yinchining dortmundliklar bilan amaldagi bitimi bir yildan so‘ng yakuniga etadi. Uning transferi 35 million evroga baholanmoqda. Agar tomonlar yangi shartnoma imzolamasa, bu summa yozda pasayishi mumkin.
Gerreyru joriy mavsumda yigirmata uchrashuvda qatnashib, beshta gol va uchta golli pas muallifi bo‘ldi.
Portugaliyalik futbolchi 2016 yili Dortmundga kelgunga qadar Frantsiya chempionatida bir necha klublar sharafini himoya qilgan.

Fikrlar