Bu xabar "Barsa" muxlislarini xafa qilishi aniq

  • 15 aprel, 2022, 03:20
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" Evropa ligasi chorak  finalidan o‘rin olgan o‘yinda "Ayntraxt" Frankfurt jamoasiga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi va mazkur turnirdagi yurishiga yakun yasadi.  

Ushbu bahsning ikkinchi bo‘limida "ko‘k-anorranglilar"ning yosh mahoratli futbolchisi Pedri zaxiraga olindi. Ma’lum bo‘lishicha, uning mushaklari yorilib ketgan va katta ehtimol bilan u mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi. 

Qayd etish lozim, ispaniyalik xavbekning o‘yini so‘nggi paytlarda tobora ochilib borayotgandi. U 2021/2022 yilgi mavsum barcha turnirlar doirasida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 1 ta assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.




Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!