Bu yulduz jamoamga yaqinlashmasin!
Angliya Premier-ligasida jon saqlab qolish uchun kurashayotgan “Vest Xem” jamoasi bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu mashhur angliyalik futbolchi Jessi Lingardning klubga qaytishiga to‘sqinlik qildi.
O‘z davrida Angliya Premier-ligasining eng yorqin yulduzlaridan bo‘lgan Lingard dekabr oyida Janubiy Koreyaning “Seul” klubini tark etganidan beri o‘ziga yangi jamoa qidirmoqda.
Qishki transferlar oynasining oxirgi kunlarida Jessining agentlari o‘z mijozlari xizmatini Premier-liganing bir necha klublariga, jumladan “Vest Xem”ga ham taklif qilgan edi.
Lingar 2020-2021 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida ijarа asosida “Manchester Yunayted”dan “Vest Xem”ga o‘tib, bu jamoada yuqori darajada o‘ynagan edi. O‘shanda hujumkor futbolchi 16 ta uchrashuvda 9 ta gol va oltita assist muallifi bo‘lgan.
Talksport nashri ma’lumotiga ko‘ra, Lingardning o‘zi ham “Vest Xem”ga qaytishdan manfaatdor bo‘lgan, biroq bosh murabbiy Nunu Eshpiritu Santush 33 yoshli angliyalik o‘yinchini jamoaga qo‘shishdan bosh tortdi.
“Vest Xem” hujumkor futbolchi pozitsiyasiga “Vulverxempton”da Nunu Santu qo‘l ostida o‘ynagan Adama Traoreni “Fulxem”dan 2 million funtga sotib olishni afzal ko‘rdi.
Fikrlar