
Buffon o‘ziga yangi jamoa tanladi
“Yuventus”ning afsonaviy darvozaboni Janluiji Buffon mavsum yakunlanishi bilan Turin klubini tark etishga qaror qildi.
43 yoshli posbon klubdan ketsa-da, katta futboldagi faoliyatini davom ettiradi. A Seriya va Italiya kubogida beshtadan uchrashuvda maydonga tushgan Buffon “Yuventus”ning joriy mavsumda katta sovrinlar yuta olishiga ishonmayapti. Chunki, turinliklar chempionatda Milan klublaridan ancha ortda qolmoqda va Chempionlar ligasini juda erta tark etdi.
Qariya darvozabon kelasi mavsum ham turinliklarning zaxira o‘rindig‘ida qolishni istamayapti. U professional faoliyatini boshlagan “Parma”ga qaytib, asosiy darvozabon sifatida bir yil o‘ynamoqchi va shundan so‘ng qo‘lqopini mixga ilishni rejalashtirgan.
“Yuventus” Buffonni 2001 yilning yozida “Parma”dan 52,8 million evroga transfer qilgan edi. Bu rekord summa 17 yil saqlanib turdi. Buffon faoliyati davomida jami 926 ta uchrashuvda maydonga tushgan va shulardan 416 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Fikrlar