Bugun 10 nafar bokschimiz yarim final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi

  • 13.03.2026 06:05
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida "Futures Cup" xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu turnirda ikki terma jamoamiz ham ishtirok etyapti. 

Bugun yarim final yo‘llanmasi uchun yigit-qizlarimiz kurashga kirishadi. Kun davomida 10 nafar bokschilarimizning bahsiga guvoh bo‘lishingiz mumkin.

-48 kg: Maftuna Musurmonova - Yu Gyong Kim (Shimoliy Koreya) 09:15 A ring.

-60 kg: Rushanabonu Isoyeva - Karolina Kollarova (Slovakiya) 10:00 B ring.

-50 kg: Abdugani Yorqinjonov - Txitiphan Hamrae (Tailand) 10:30 B ring.

-55 kg: Bekzod Ismoiljonov - Jonatan Bibrieska (Meksika) 11:15 A ring.

-85 kg: Sardorbek Bahromxo‘jaev - Ibragim Bakalov (Qirg‘iziston) 12:00 A ring.

-90 kg: Asadbek Sultonboev - Norman Simmons (Panama) 12:15 B ring.

-51 kg: Nazokat Mardonova - Tala Hussein (Iordaniya) 15:00 A ring.

-65 kg: Sevara Mamatova - Soda Fae (Senegal) 16:15 A ring.

-65 kg: Ibrohim Shokirjonov - Kunimitsu Honjo (Yaponiya) 17:15 A ring.

-75 kg: Suhrob Rahmatullaev - Mohamed Monsef (Jazoir) 17:30 B ring.

Bahslar Toshkent vaqti bilan, birinchi dastur 09:00 da ikkinchi dastur 15:00 da start oladi. Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!