Bugun "Andijon"ning o‘yini bor

  • 10 oktabr, 2021, 06:32
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Viktor Kumikov bosh murabbiylik qilayotgan “Andijon” nihoyat mag‘lubiyatlar girdobidan chiqib keta oldi. Boisi, ular so‘nggi uchta turda yutqazmadi va bir g‘alaba bilan ikki durang qayd etdi.

Tecno

Asosiy maqsad Superligada jon saqlab qolish bo‘lgani uchun ham jamoa yanada yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishga urinmoqda.

FIFA kunlaridan andijonliklar ham imkoni qadar unumli foydalanish payidalar. Albatta, tanaffus chog‘ida futbolchilarning o‘yin amaliyotini saqlab qolish uchun o‘rtoqlik uchrashuvlari muhim.

Shu maqsadda “Andijon” klubi bugun o‘z maydonida Baxtiyor Ashurmatov boshqarayotgan “Qo‘qon-1912” bilan bahs olib boradi. O‘yin soat 15:00 ga belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!