Bugun APL tarixidagi eng tezkor gol kiritildi

  • 23 aprel, 2019, 23:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Sautgempton” hujumchisi Sheyn Long ayni damda “Uotford”ga (1:0, birinchi bo‘lim) qarshi bo‘lib o‘tayotgan o‘yinda gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

Tecno

E’tiborlisi, 21 yoshli futbolchi uchrashuvning 7-soniyasidayoq raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Bu esa APL tarixidagi eng tezkor gol sifatida qayd etildi.

Ma’lumot uchun, bunga qadar premer-liga tarixidagi eng tezkor gol “Tottenxem” futbolchisi Ledli Kingga tegishli edi. U 2001/01 yilgi mavsumda “Bredford” darvozasini 10-soniyadayoq ishg‘ol etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!