
Bugun "el-klasiko. Madridda "Real" "Barselona"ni qabul qiladi
Ispaniya La Ligasi 9-turi doirasida "Real" va "Barselona" jamoalari bugun Madridda o‘zaro to‘qnash keladi. Bellashuv 19:15 da start oladi.
O‘yinni Sport TV telekanali orqali jonli tomosha qilish imkoniyatiga egasiz.
Ayni paytda ikki jamoa 8 turdan so‘ng bir xil 22 ochko to‘plagan holda, turnir jadvalida qo‘shhokimlik qilmoqda. Bugungi g‘alaba zafar quchgan klubni yaqqol peshqadamga aylantiradi.
Fikrlar