
Bugun eng qiziqarli va shiddatli bo‘lishi kutilayotgan o‘yinlar
Bugun sayyoramizning turli yashil maydonlarida bir qator rasmiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Shu qatorda, Evropa Ligasi musobaqasining guruh bosqich o‘yinlari ham o‘tkaziladi. Bugungi eng muhim bellashuvlarga e’tiboringizni qaratamiz.
AZ "Alkmar" - "Manchester Yunayted"
Evropa Ligasining guruh bosqich bahsida "Manchester Yunayted" Gollandiyaga safar qiladi. AZ "Alkmar" klubi ham bir paytlar evrokuboklarda o‘zini ko‘rsata olgan jamoa hisoblanadi. Amme keyinchalik, natijalari sezilarli darajada pasayib ketdi. Hozirgi kunda, gollandiyaliklar yana o‘zini ko‘rsatish uchun o‘sishga erishishda va rivojlanishda davom etmoqda. MYu esa aslida Chempionlar Ligasi kabi musobaqada ishtirok etsa ham favorit sanaladigan jamoa. Ammo ChLda ishtirok etish uchun APL kabi jiddiy musobaqada yuqori natijalar ko‘rsata olish talab etiladi.
"Arsenal" - "Standart"
Angliyaning "Arsenal" klubi o‘z uyida Belgiyaning "Standart" jamoasini qabul qiladi. Evropa Ligasi doirasidagi uchrashuvda mezbonlarning imkoniyatini yuqori baholash mumkin, lekin "Standart" shunchaki mehmonga kelib ketmasligini o‘tgan turdagi mazmunli o‘yini bilan ham isbotlay oldi.
"Al Sharja" - "Al Ain"
Hamyurtimiz Otabek Shukurov to‘p suradigan klub va o‘tgan mavsumdagi chempion "Al Sharja" jamoasi o‘z uyida mamlakatning nomdor jamoasi "Al Ain"ni qabul qiladi. Nafaqat mamlakatning, balki butun Osiyo qit’asining eng yulduzli tarkibiga ega bo‘lgan jamoalardan biri hisoblanuvchi "Al Ain" o‘tgan mavsumda chempionlikni boy bergan edi va ushbu mavsum Osiyo Chempionlar Ligasining chorak finalida musobaqani tark etdi. Bugungi o‘yinda qaysi jamoaning qo‘li baland kelishini bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:15 da boshlanadigan bellashuvdan so‘ng bilib olamiz.
"Beshiktosh" - "Vulverxempton"
Nima uchun aynan ushbu bellashuv tanlandi, degan savolni o‘rtaga tashlashingiz mumkin. Sababi, bunga o‘xshash o‘yinlar bugungi Evropa Ligasi doirasidagi o‘yinlar ko‘p. Farq shundaki, "Beshiktosh" jamoasi katta sarmoya kiritib, yulduz futbolchilarni harid qilgan va evrokuboklarda natijaga erishishni oliy maqsad qilib qo‘ygan. "Vulverxempton" jamoasini o‘tgan mavsum APLda qanday o‘yinlar namoyish etganini, grand jamoalarga etarlicha bosh og‘riq bo‘la olganini yaxshi eslasangiz kerak. Joriy mavsum esa APLda jamoa o‘tgan safargidek harakat qilmayapti. Chunki inglizlar ham bor asosiy e’tiborlarini Evropa Ligasidagi ishtiroklariga qaratishgan. Ishoning bu juda qiziqarli bahs bo‘ladi.
Fikrlar