Bugun Fazliddin G‘oibnazarov jang qiladi

  • 5 dekabr, 2020, 01:33
  • 0
  • Boks

Bugun Rossiyaning Ekaterinburg shahri ajoyib professional boks kechasiga mezbonlik qiladi. RCC promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil qilinayotgan ushbu jang kechasida ikki hamyurtimiz o‘z janglarini o‘tkazishi haqida ma’lum qilgandik.

Jumladan, Sardor Muzaffarov rossiyalik Evgeniy Chuprakov (22-3,12 KO) bilan jang qilsa, Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov (8-1,5 KO) armanistonlik Manuk Dilanyanga ( 11-4-1, 4 KO) qarshi ringga ko‘tariladi. 

Kecha, ushbu jangga oid vazn o‘lchash va ko‘z urishtirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda yurtdoshlarimiz belgilangan vazn me’yorini bajara oldilar. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!