Bugun ham yana bir rekord yangilandi

  • 16 iyun, 2024, 21:34
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Vaut Vegorst Polshaga qarshi (2:1) "Evro-2024" guruh bosqich 1-tur o‘yinida zaxiradan maydonga tushganidan so‘ng g‘alaba golini kiritdi. 

"Xoffenxaym" hujumchisi uchrashuvning 81-daqiqasida maydonga tushdi va 83-daqiqada gol urdi. Uning raqib darvozasini ishg‘ol etishi uchun 2 daqiqa 18 soniya kifoya qildi. U Niderlandiya terma jamoasining Evrolar tarixida zaxiradan maydonga tushib, eng tezkor gol urgan futbolchisiga aylandi. 

Agar barcha turnirlarni oladigan bo‘lsak, Vegorst ketma-ket uchta bellashuvda zaxiradan tushib, gol urdi. Bungacha faqat Yan Vennegard buni uddalagandi. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!