Bugun "Jenoa" va Shomurodovni kuchli raqib qarshi oladi

CHERY AUTO

Bugun Italiya A Seriyasining 35-tur bahslari davom ettiriladi. Kun dasturidan Eldor Shomurodovning "Jenoa" klubi ishtirokidagi o‘yin ham o‘rin olgan. Ushbu turda genuyaliklar "Sassuolo"ni o‘z maydonida qabul qiladi. 

Tecno

Birinchi davrada kechgan bellashuvda Eldor "Sassuolo" darvozasiga yo‘l topishga muvaffaq bo‘lgandi. Bugun ham u jamoasi uchun muhim bo‘lgan o‘yinda gol urishga harakat qilib ko‘radi. 

"Sassuolo" ayni damda Evropa Ligasi pog‘onalari uchun kurashmoqda va ushbu yo‘lda unga ochko juda zarur. "Griffonlar" esa B Seriya xavfidan to‘liq qutulganicha yo‘q. Shu sababdan, g‘alaba uchun astoydil harakat qilishi aniq. 

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 15:30 da start olishi rejalashtirilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdushukurov O
09/05/2021 11:40
O'tgan safar Shomurodov Sassuologa kalla bilan gol urgandi. Bu safar ham gol uradi degan umiddamiz.