Bugun Milliy futbol markazida FIFA instruktori boshchiligida seminar start oldi

  • 20.02.2026 19:31
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Bugun Milliy futbol markazida FIFA instruktori Farhod Abdullaev boshchiligida VAR oʻquv seminar start oldi.

Mazkur seminarda oʻzbekistonlik hakamlar bilan bir qatorda Saudiya Arabistonidan tashrif buyurgan bir guruh hakamlar ham ishtirok etib, oʻz malakasini oshirish hamda oʻzaro tajriba almashish imkoniga ega boʻlmoqda.

Mashgʻulotlar davomida instruktorlar tomonidan turli oʻyin vaziyatlari chuqur tahlil qilinib, video misollar orqali tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, hakamlar nazariy topshiriqlar, amaliy mashgʻulotlar hamda jismoniy sinovlarda ishtirok etdi. VAR markazida esa VAR bilan bogʻliq holatlar amaliy tarzda koʻrib chiqilib, qaror qabul qilish jarayonlari simulyatsion vaziyatlar orqali mashq qilindi.

Seminar oʻquv jarayoni nazariy mashgʻulotlar bilan bir qatorda amaliy tahlillar va real oʻyin epizodlariga yaqinlashtirilgan simulyatsiyalarni ham qamrab olayotgani bilan ahamiyatli hisoblanadi.

Mazkur oʻquv seminari 24-fevralga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!