Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Rossiya Premer-ligasining amaldagi chempioniga qarshi maydonga tushadi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Vadim Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib bormoqda. Ushbu yig‘in doirasidagi ilk uchrashuvda vakillarimizga Rossiyaning "Zenit" klubi raqiblik qiladi.
O‘yin Toshkent vaqti bilan 11:30 da start oladi. Peterburgliklarning talabiga binoan, o‘yin yopiq tarzda o‘tkaziladi va translyatsiya qilinmaydi.



Fikrlar