
Bugun O‘zbekiston Olimpiada terma jamoasi Misr bilan o‘ynaydi
Bugun O‘zbekiston U23 terma jamoasi Parij Olimpiadasidagi navbatdagi o‘yinini o‘tkazadi. Bunda vakillarimizga Misr raqiblik qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:00da start oladi. Mazkur o‘yinda futbolchilarimiz to‘liq oq libosda, darvozabonimiz esa yashil libosda maydonga tushadi.
Uchrashuvni esa okeaniyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam — Kavana-Vauf Kempbell (Yangi Zelandiya), unga qanotlarda Trevis Isaak (Yangi Zelandiya) va Mutukera Bernard (Solomon orollari) yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, bellashuv 20:00 da "Stade de la Beaujoire" stadionida start oladi.
Fikrlar