Bugun "Roma" o‘ynaydi. Rimliklar g‘alaba qozonishi kerak bo‘lgan uchrashuv
Italiya chempionatida 26 oktyabr kuni 10-tur bahslari start oldi. Bugun 6 ta uchrashuv o‘tkaziladi. Ular orasida "Roma" ishtirokidagi bellashuv ham bor.
Joze Mourino shogirdlari safarda "Kalyari" bilan kuch sinashadi. Eldor Shomurodov jamoasi turnir jadvalida oxirgi o‘rinda borayotgan klub bilan kuch sinashadi.
Bu bellashuvda rimliklarning imkoniyatlari yuqori. Ko‘pchilik "Roma" bu gal o‘z hisobiga 3 ochkoni yozdirib qo‘yishini taxmin qilmoqda. O‘yin Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.

Fikrlar