
Bugun RPLda mavsum yakunlanadi. Shomurodov so‘nggi turda "Zenit"ga, O‘runov esa "Arsenal"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi
Bugun Rossiya premer-ligasida mavsum yakunlanadi. So‘nggi 30-turda hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p surayotgan “Rostov” o‘z maydonida amaldagi chempion – “Zenit”ni qabul qiladi.
Yana bir hamyurtimiz Oston O‘runov o‘ynayotgan “Ufa” esa o‘z maydonida Tulaning “Arsenal” jamoasini qabul qiladi.
Har ikkala o‘yin ham Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.
Fikrlar