Bugun Shomurodov jamoasi o‘ynaydi. Denisov to‘p tepayotgan "Rubin"ni esa "Zenit" bilan jiddiy sinov kutmoqda

  • 23.11.2019 14:39
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Rossiya chempionati 17-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘tkaziladi. Ular orasida hamyurtlarimiz to‘p tepayotgan "Rostov" va "Rubin" o‘yin o‘tkazadi.

Eldor Shomurodov jamoasi mehmonda "Dinamo" bilan kuch sinashadi. Shuningdek, Rossiyada faoliyat yuritayotgangan Vitaliy Denisov jamoasi "Rubin"ni bu tur jiddiy sinov kutmoqda. Chunki "Rubin" o‘z uyida "Zenit" bilan kuch sinashadi.

Yana bir hamyurtimiz Vadim Afonin to‘p tepayotgan "Orenburg" o‘z maydonida ayni paytda "Axmat"ga qarshi bahs yuritmoqda.

Quyida tur o‘yinlari va ularning boshlanish vaqtlari bilan tanishishingiz mumkin:

23 noyabr

13:30. ORENBURG - AXMAT #LIVE

16:00. RUBIN - ZENIT

18:30. DINAMO - ROSTOV

24 noyabr

13:30. UFA - SOChI

16:00. URAL - SPARTAK

18:30. ARSENAL - KRASNODAR

21:00. TsSKA - KRILЬYa SOVETOV

Ma’lumot o‘rnida, o‘yinlarning boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!