
Bugun "Strandja"da chorak final bahslari o‘tkaziladi yoxud nomdor bokschilarimiz ringga ko‘tariladi!
Bugun Bolgariyada bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro turnir doirasida 10 nafar bokschilarimiz yarim final yo‘llanmasi uchun bahslarga kirishishadi.
Kechagi janglardan so‘ng hozircha 4 nafar vakillarimiz yarim final bosqichini naqd qilishgan.
O‘z janglarini o‘tkazadigan bokschilarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:
-51 kg Asilbek Jalilov - Rigi Mostafa (Eron)
-54 kg Hasanboy Do‘stmatov - Davit Egoryan (Armaniston)
-54 kg Hujanazar Nortojiev - Lalit (Hindiston)
-57 kg Shahzod Muzafarov - Daniyal Shahbahsh (Eron)
-60 kg Dilshod Abdumurodov - Maksim Vlasiuk (Ukraina)
-60 kg Abdumalik Halokov - Ruslan Kuzeubaev (Qozog‘iston)
-63,5 kg Adhamjon Muhiddinov - Erassil Tankay (Qozog‘iston)
-71 kg Iqboljon Holdorov - Eskerhan Madiev (Gruziya)
-75 kg Fazliddin Erkinboev - Nurkanat Raiys (Qozog‘iston)
-75 kg Javohir Ummataliev - Deepak (Hindiston)
Bahslar Toshkent vaqti bilan 17:00 dan boshlab start oladi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar