
Bugun Turkiyadagi yana bir klubimiz o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
Yangi mavsumga Turkiyada tayyorgarlik ko‘rayotgan "So‘g‘diyona" bugun nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.
Ulug‘bek Baqoev boshchiligidagi "bo‘rilar"ga Ukrainaning "Minay" klubi raqiblik qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 18:00da start oladi.
Ma’lumot uchun, "Minay" Ukraina chempionatida qolish uchun kurashayotgan jamoa. Ular 18-turdan so‘ng 10 ochko to‘plagan holda, 15-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar