Bugungi muhim o‘yinda “Jenoa” Shomurodovga tayanadi, raqib esa Riberiga!

  • 7 dekabr, 2020, 20:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasining 10-turidan o‘rin olgan oxirgi uchrashuvda chempionat autsayderlari “Fiorentina” va “Jenoa” o‘zaro kuch sinashadi.

Tecno

To‘qqiz tur yakuniga ko‘ra, bo‘lajak uchrashuv mezboni hisoblangan “Fiorentina”  sakkiz ochko bilan 17-pog‘onani egallab turibdi. Chezare Prandelli shogirdlari so‘nggi to‘rtta turda faqat bir ochkoni qo‘lga kiritdi. Florentsiyaliklar bu uchrashuvlarda raqib darvozasini biror marotaba ishg‘ol qila olmadi.  

“Jenoa” ham oxirgi to‘rtta o‘yinning barini raqiblarga boy berdi. Lekin genuyaliklar bu galgi raqobatchidan farqli ravishda to‘rtta uchrashuvdan uchtasida raqib darvozasiga to‘p kirita oldi. Jamoa o‘yinida ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanayotgan bo‘lsa-da, Rolando Maran shogirdlari ketma-ket yutqazmoqda va qimmatli ochkolar raqiblarga nasib qilyapti. Keyingi paytda bosh murabbiyning kursisi qimirlab qolgani haqida ham xabarlar chiqa boshlashdi.

Tarkib borasida “Fiorentina” anchagina kuchli ekanini ta’kidlash lozim. Florentsiyaliklar himoyasida Kristiano Biragi, Nikola Milenkovich singari katta klublar nishonida turgan futbolchilar etakchilik qilmoqda. Maydon markazida Frank Reberi, Jakomo Bonaventura, Borxa Valero, Sofyan Amrabat  kabi mashhur yarim himoyachilar to‘p tepadi.     

1558982800_0_77_2744_1620_600x0_80_0_0_07ee7ed25e5d03d0d95b36feea55971f

Yozgi transferlar mavsumida Eldor Shomurodovga xaridor bo‘lgan “Fiorentina” hujumida katta jamoalar maktabini ko‘rgan tajriba forvardlar Xose Kalexon va Patrik Kutrone bilan birga serbiyalik Dushan Vlaxovich va ivuarlik Kristian Kuame kabi legionerlar o‘ynayapti.

“Jenoa”da kadrlar muammoasi ko‘zga tashlanmoqda. Asosiy darvozabon Mattia Perin, etakchi himoyachilar Domeniko Krishito, Davide Biraski, Davide Dzappakosta, mohir yarim himoyachilar Filippo Melegoni, Franchesko Kassata jarohati bois maydonga tusha olmaydi. Serbiyalik Ivan Lakisevich va daniyalik Lasse Shyone diskvalifikatsiya qilingan.

Mutaxassislar “Fiorentina” va “Jenoa” bahsida mezbonlarning ustunligini aytayotgan bo‘lsa-da, bu uchrashuv natijasini oldindan taxmin qilib bo‘lmaydi. Chunki har ikki jamoa ham hali o‘z o‘yinini topib ulgurgani yo‘q.

Florentsiyaliklarning asosiy ustunligi tarkibda ko‘pni ko‘rgan tajribali futbolchilarning borligi bilan izohlanmoqda. Qolaversa, ketma-ket to‘rtta uchrashuvda ochko yo‘qotgan jamoa o‘z uyida autsayderlardan biriga qarshi o‘yinda bu noxush seriyani to‘xtatishi kerakligi ularga qo‘shimcha motivatsiya berishi lozim.

Mutaxassislarning fikricha, “Jenoa” tarkib muammosiga duch kelgan ayni vaziyatda genuyaliklarning asosiy tayanchi Eldor Shomurodov va Janluka Skamakka hisoblanadi. Genuyaliklar tarkibiga yozgi transferlar vaqtida birga kelgan har ikki hujumchi bugungi kunda asosiy tarkibga kira oldi.

20201130_230005_1_2         

Italiya yoshlar terma jamoasi to‘purari Skamakkaga italyan futboliga moslashish uchun vaqt sarflagani yo‘q. Eldor Shomurodov esa jamoa yulduzi Goran Pandev bilan raqobatda ustunligini ko‘rsata oldi va “Jenoa”ning oxirgi ikki o‘yinidan buyon boshlang‘ich tarkibdan joy olmoqda.

A Seriyadagi joyini saqlab qolish uchun kurashayotgan jamoalar o‘rtasidagi bahs keskin va murosasiz o‘tishi kutilmoqda. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 7 dekabrdan 8 dekabrga o‘tar kechasi 00:45da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Дилшод Даврлнов
07/12/2020 14:10
ИНШОЛОХ насиб бугун ГОЛ ур Элдор
Дилшод Даврлнов
07/12/2020 14:10
ИНШОЛОХ насиб бугун ГОЛ ур Элдор
Дилшод Даврлнов
07/12/2020 14:06
Элдор омад сенга Бугун гол сендан булсин Тепган тупинг дарвоза туридан жое олсин хвдо хохласа ОМАД ОМАД ОМАД ГОЛ ГОЛ ГОЛ ГОЛ