
Bugungi "Navbahor" va "Andijon" o‘rtasidagi "vodiy derbisi"ga chiptalar qanchadan sotilmoqda? (foto)
“Navbahor” – “Andijon” o‘yini uchun chiqarilgan chiptalar bugun soat 09:00 dan boshlab, Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi “Markaziy” stadioni, “Kamolot” bog‘i, “Sardoba”dagi “Megapolis” savdo majmuasi, Chorsudagi yakka qabr oldidagi kassalarda sotilmoqda.
Chiptalar narxi barcha sektorlar uchun bir xil 15 ming so‘m etib belgilangan. Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Andijon” o‘yini bugun soat 19:30 da start oladi.
Manba: “Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Fikrlar