Bunaqa hujumchi "Liverpul"ga nimaga kerak?
Angliya Premer-ligasining yigirma uchinchi turining so‘nggi o‘yinida “Liverpul” mersisayd derbisida “Everton”ni mag‘lub etdi. Urugvaylik hujumchi Darvin Nunes jamoadoshi Muhammad Salohga birinchi golini urganida yordam berdi, ammo uning o‘zi uzoq vaqtdan buyon gol ura olmayapti. Darvin 2023 yilda hali biror marta ham raqib darvozasini ishg‘ol qilolmadi.
Nunes so‘nggi bor o‘tgan yilning 12 noyabrida gol urgan edi. O‘shanda “Liverpul” “Sautgempton”ni 3:1 hisobida mag‘lub etgan. Shundan buyon Nunes gol ura olmadi. Ammo "Everton" bilan o‘yin oldidan "Liverpul" deyarli uchta o‘yinni golsiz o‘tkazgan edi ("Brayton" bilan 0:3, "Chelsi" bilan 0:0 va "Vulverxempton" bilan 0:3).
Fikrlar