Bunaqa maoshga “Real”dan ketsang arziydi
Angliyaning ikki qudratli klubi – “Manchester Yunayted” va “Liverpul” tarkibni kuchaytirish maqsadida “Real” klubi tayanch yarim himoyachisi Orelien Tchuameniga qiziqish bildirmoqda.
Har ikki klub fransiyalik futbolchini katta maosh bilan o‘ziga jalb qilmoqchi. Ular Tchuameniga yiliga 12 million evrodan maosh to‘lashga tayyor.
Bu haqida Defensa Central xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Tchuameniga takliflar kelib tushayotganiga qaramay, madridliklar 26 yoshli futbolchini sotish variantini ko‘rib chiqmayapti. Tchuameni ham ispan grandini tark etishni istamaydi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha yangi shartnoma ustida ish olib borayotgani ta’kidlandi.
Joriy mavsumda Tchuameni 41 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi.
Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 75 million evroga teng.
Fikrlar