Bundesliga. "Bavariya" o‘z maydonida "Boxum" darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi
Bundan biroz avval Germaniya Bundesligasining 5-turidan o‘rin olgan “Bavariya” hamda “Boxum” jamoalari bahsi o‘z nihoyasiga etdi.
“Alyants-Arena”da kechgan o‘yin maydon egalarining mutlaq ustunligida o‘tdi. Yakunda “Bavariya” raqibi ustidan 7:0 hisobida zafar quchdi. Gollarga Leroy Sane (17'), Yozua Kimmix (27', 65'), Serj Gnabri (32'), Vassilios Lambropulos (43' avtogol), Robert Levandovski (61') va Erik Shupo-Moting (79') mualliflik qildi.
Shu tariqa “Bavariya” o‘z hisobidagi ochkolar sonini 13 taga etkazib oldi va Bundseliga musobaqa jadvalida peshqadamga aylandi.



Fikrlar