Bundesligada ikki "millioner" futbolchi paydo bo‘ldi
Transferlarga ixtisoslashgan nufuzli transfermarkt.de portali Germaniya chempionatida to‘p surayotgan futbolchilarning transfer summalari kiritilgan ro‘yxatni yangiladi.
Unga ko‘ra, o‘tgan mavsumda narxi yuqoriga ko‘tarilib, rekord summa – 130 million evroga etgan Jeydon Sancho joriy mavsumda zo‘r o‘ynay olmayotgani ta’sir qilmoqda. Dortmundning “Borussiya”sidan ketolmay yurgan 20 yoshli yarim himoyachining bu galgi narxi 100 ming evro miqdorida belgilandi.
“Millioner” futbolchilar qatoriga dortmundliklarning yana bir futbolchisi – Erling Xoland yangi qo‘shildi. 2019 yilda uning transfer summasi atigi besh million evro edi. Xoland gol urgan sari uning narxi ham oshmoqda va 100 million evroga etdi.
Umuman olganda, dunyo bo‘yicha transfer summasi 100 million evro va undan yuqori baholanayotgan 12 nafar futbolchi bor xolos.
Ular bilan tanishing:
Kilian Mbappe (PSJ) — 180 mln evro
Raxim Sterling (“Manchester Siti”) — 128 mln evro
Neymar (PSJ) — 128 mln evro
Sadio Mane (“Liverpul”) — 120 mln evro
Muhammad Saloh (“Liverpul”) — 120 mln evro
Harri Keyn (“Tottenxem”) — 120 mln evro
Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti”) — 120 mln evro
Trent Aleksander-Arnold (“Liverpul”) — 110 mln evro
Joao Feliks (“Atletiko”) — 100 mln evro
Lionel Messi (“Barselona”) — 100 mln evro
Erling Xoland (“Borussiya D”) — 100 mln evro
Jeydon Sancho (“Borussiya D”) — 100 mln evro
Fikrlar