Bundesligaga eng tez yuguradigan futbolchi kelgani ma’lum bo‘ldi
Bundesligada statistika bilan shug‘ullanadigan mutaxassislar musobaqaning eng tezkor futbolchisi kimligini aniqlashdi.
Unga ko‘ra, “Shtutgart” yarim himoyachisi Silas Vamangituka joriy mavsumda eng tezkor ekanini namoyish eta oldi. Kongolik hujumkor futbolchi soatiga 35,42 kilometr tezlikni qayd etdi. Bunesligada ilk marotaba ishtirok etayotgan futbolchi jamoasi safida ettita uchrashuvda ikkita gol urishga erishgan.
Shuningdek, grand klublar nishonida turgan “Leyptsig” himoyachisi Dayo Upamekano sotiga 35, 34 kilometr tezlik bilan ikkinchi natijani qayd etdi.
Fikrlar