"Bunyodkor" BAAdagi 4-o‘yinda ham g‘alabaga erishdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yangi mavsumga BAAda tayyorgarlik ko‘rayotgan Toshkentning "Bunyodkor" klubi bugun mazkur yig‘in doirasida mahalliy "Shabab Al Axli" jamoasiga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazdi.

Qiziqarli kechgan bahsda “Bunyodkor” raqibdan har jabhada ustun ekanligini isbotlab, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Shu tariqa, “Bunyodkor” BAA yig‘ini doirasidagi to‘rtinchi nazorat uchrashuvida ham g‘alaba qozondi. Bungacha Mirjalol Qosimov shogirdlari bilan BAAning “Sharja” va Xitoyning “Shandun Lunen” klublarini 3:1 va 4:0 hisoblarida mag‘lub etgan va chin yurtining boshqa bir vakili “Chuntsin Lifan” jamoasi bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagandi.

Nazorat uchrashuvi

“ShABAB AL-AHLI” – “BUNYoDKOR” 1:4 (1:1)

Gollar: Filip Raevats 26 (0:1), 44-daqiqa (1:1), Mirjahon Mirahmadov 82 (1:2), Rasul Yuldoshev 88 (1:3), Rasul Yuldoshev 90 (1:4)

“Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov, Islomjon Qobilov, Rustamjon Ashurmatov, Mirg‘iyos Sulaymonov, Xurshid G‘iyosov, Jovlon Ibrohimov, Murodjon Toshmatov, Mirjamol Qosimov, Sanjar Qodirqulov, Shoxruh Gadoev, Filip Raevats

Zaxiradan maydonga tushganlar: Suhrobjon Sultonov, Anvar G‘ofurov, Sardor Sobirxo‘jaev, Davronbek Umirov, Rasul Yuldoshev, Artyom Gabelok, Mirjahon Mirahmadov, Abdulla Abdullaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!