"Bunyodkor" bosh murabbiyi bugun 15 yoshli futbolchini maydonga tushirdi (foto)
Biroz avval "Bunyodkor" safarda "Qo‘qon-1912" bilan kuch sinashdi. Unda "qaldirg‘ochlar" kichik 1:0 hisobida zafar quchdi.
Ahamiyatlisi, mazkur bahsda mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich zaxiradan 15 yoshli futbolchi Aziz To‘lqinbekovni maydonga tushirdi. U 2007 yilda tavallud topgan. Bugun Aziz uchrashuvda 104-raqam ostida harakat qildi.
Ma’lumot o‘rnida, "Bunyodkor" ayni payt turnir jadvalida 34 ochko 7-o‘rinni egallab turibdi.


Fikrlar