“Bunyodkor” darvozaboni “Navbahor”ga o‘tishi mumkin
Xabaringiz bor, “Navbahor” darvozaboni Asilbek Amonov “Buxoro” mashg‘ulotlariga borib qo‘shildi. U katta ehtimol bilan yangi mavsumni buxoroliklar safida boshlaydi.
Asilbek Omonov ham yangi mavsumni "Buxoro"da boshlashi mumkin
Shuning uchun “lochinlar” Amonovning o‘rniga nomzod qidirishni boshlab yubordi. Bu borada namanganliklar o‘zlari uchun yaxshi tanish bo‘lgan “Bunyodkor” variantiga to‘xtalishgan.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, “Navbahor” klubi “Bunyodkor”ga tegishli bo‘lgan Dilshod Hamroevni yana ortga qaytarish borasida harakatlarni boshlab yuborgan. Ayni paytda tomonlar ushbu transfer borasida muzokaralar olib borishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Dilshod Hamroev o‘tgan mavsum “lochinlar” safida 4 o‘yinda ishtirok etgan.

Fikrlar