
"Bunyodkor" Dubayda premer-liga klublariga qarshi o‘yin o‘tkazadi (FOTO)
Toshkentning “Bunyodkor” klubi yanvar oyida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, “qaldirg‘ochlar” ushbu yig‘in doirasida 4 ta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Jumladan, dastlab mahalliy “Al-Vahda” (15 yanvar) klubi bilan, keyinroq esa “Lokomotiv” Moskva (18 yanvar), “Rostov” (21 yanvar) hamda “Krasnodar” (24 yanvar) kabi Rossiya premer-ligasi grandlariga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Fikrlar