
"Bunyodkor" "Mash’al"dan ustun keldi
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Bunyodkor" va "Mash’al" jamoalari bugun o‘zaro nazorat o‘yinida maydonga tushdi. "Bunyodkor" akademiyasi maydonida kechgan uchrashuvda "qaldirg‘ochlar" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Nazorat o‘yini
"Bunyodkor" - "Mash’al" 2:1
Gollar: Shahboz Erkinov (41), Sunnatilla Abdullajonov (45) - Samuel Ononivu (82)
"Bunyodkor": Sarvar Karimov, Sunnatilla Abdullajonov, Abdullla Abdullaev, Diyor Rahimqulov, Ulug‘bek Abdullaev, Suhrob Izzatov, Sanjar Rashidov, Farrux Ikromov, Odiljon Abdurahmonov, Xurshid G‘iyosov, Ibrohim Tomiva.
"Mash’al": Doston To‘xtaboev, Sirojiddin Allaev, Ja’far Ismoilov, Zafarbek Akramov, Sardor Abduraimov, Siroj Qo‘ziev, Samandar Shukurillaev, Samuel Ononivu, Humoyun Murtozaev, Zoir Tursinov, Ifiani Ifiani.
Fikrlar