"Bunyodkor" montenegrolik himoyachi bilan shartnomani uzaytirdi!

  • 06.12.2025 19:11
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Bunyodkor" klubi Marko Bugarin bilan tuzilgan shartnomani yangiladi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Montenegrolik himoyachi Marko Bugarin klubimiz bilan shartnomasini 2027 yil dekabrgacha uzaytirdi. Marko jamoamizning ishonchli va barqaror himoyachilaridan biri sifatida o‘z o‘rnini mustahkamlagan. "Yangi maqsadlar sari birga!" — deyiladi "qaldirg‘ochlar"ning xabarida.

Ma’lumot uchun, futbolchi Superliganing yakunlangan mavsumida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 gol va 1 assistni yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!