«Bunyodkor» murabbiyi: «Raqib ancha kuchsiz ko‘rindi»

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Hokim Kubogi»ning chorak finalidan o‘rin olgan «Bunyodkor» - «Nur Batken» (5:0) uchrashuvidan keyin "qaldirg‘ochlar" murabbiyi Marat Miftaxuddinov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Yarim finalga chiqdik, albatta bundan xursandmiz. Bugungi o‘yin haqida nima deyishim mumkin? Raqib darvozasini besh bor ishg‘ol qildik. «Nur Batken» futbolchilari guruh o‘yinlarida katta kuch sarflab yuborganmi yoki jismoniy tomondan hali tayyormasmi, hayronman, bugun ancha kuchsiz ko‘rindi. Buning sababini bilmadim. Hatto birinchi bo‘limning o‘zidayoq hisob yirik ko‘rinish olishi mumkin edi. Lekin vaziyatlardan foydalana olmadik. Tanaffusdan keyin deyarli har bir xafvli hujumimiz golga aylandi va hisob yirik ko‘rinish oldi. Yarim finalda «Neftchi» bilan o‘ynamiz. Bu bellashuv qiziqarli kechishiga shubha yo‘q. Final ostonasiga etib keldikmi, endi ortga qaytmaymiz", - deya murabbiyning so‘zlarini keltirmoqda klub matbuot xizmati. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!