"Bunyodkor" safarda yirik hisobdagi g‘alabani tantana qildi

  • 19 iyun, 2021, 23:50
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 10-turidan o‘rin olgan "Turon" - "Bunyodkor" uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. Unda poytaxtliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Hisob 32-daqiqada Mirjahon Mirahmadov hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay, Farruh Ikromov oradagi farqni ishonchli ko‘rinishga keltirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Ibrohim Tomiva jamoasining 3-goliga mualliflik qildi.

Shunday qilib, ochkolarini 15 taga etkazib olgan "Bunyodkor" 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. So‘nggi pog‘onadagi "Turon" hisobida 3 ochko mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!