"Buyukdor" va "Lokomotiv" futbolchilari oʻrtasida boʻlgan janjal sabablar oʻrganilmoqda
"Bunyodkor" va "Lokomotiv" futbolchilari oʻrtasida boʻlgan janjal sabablari oʻrganilmoqda
Superliga 5-turidan oʻrin olgan Bunyodkor — Lokomotiv uchrashuvi yakunlangach, mikst-zona yaqinida ikki klub futbolchilari ishtirokida janjal kelib chiqdi. Unda klublardan ikki nafar vakil engil tan jarohati olgan.
Milliy gvardiya vaziyatga yaqin ekanligidan kelib chiqib, mojaro tezda bartaraf etilgan. Ichki ishlar organlari tayanch punktida oʻtkazilgan surishtiruvda tomonlar bir-biriga nisbatan daʼvosi yoʻqligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat Komissar tomonidan bayonlashtirilgan. Shundan kelib chiqib, Liga vaziyatni toʻliq oʻrganish maqsadida Assotsiatsiya qoʻshidagi Futbol faoliyatini nazorat qilish boʻyicha maxsus inspeksiyaga rasmiy murojaat qildi. Ayni vaqtda inspeksiya mojaro ishtirokchilari bilan suhbat oʻtkazib, Bunyodkor stadionida roʻy bergan holatni stadion kameralari tasvirlari, Komissar bildirgisi va albatta uchrashuv davomida roʻy bergan kichik toʻqnashuv va epizodlar yordamida oʻrganmoqda. Oʻrganish ishlari yakunlangach, inspeksiya holatning kelib chiqish sabablari va uning oqibatlari toʻliq bayonlashtirilgan materialni Ligaga taqdim etadi.
Oʻz navbatida Liga tayyor materialni Tartib-intizom qoʻmitasiga oshiradi va mojaroning har qanday ishtirokchisi sportchilarga xos boʻlmagan harakatlari uchun tegishli tartibda jazolanishini taʼminlaydi.
Bu haqida OʻzPFL matbuot xizmati xabar berdi.
Fikrlar