"Bunyodkor" va "Paxtakor" 34 bora to‘qnashgan (prevyu)
Superligada bir oyga yaqin davom etgan tanaffusdan keyin "sherlar" 25 iyun kuni Toshkent derbisida "Bunyodkor" bilan to‘qnash kelishadi.
“Bunyodkor” bilan kechadigan derbilar hamisha keskin to‘qnashuvlarga boy tarzda o‘tadi. Hozirgacha o‘tkazilgan 34 bellashuvning 13tasida "Paxtakor" g‘olib bo‘lgan. 9ta bahsda durang va 12 o‘yinda raqib g‘alabasi kuzatilgan. "Sherlar" 45 to‘p kiritib, 39 gol o‘tkazib yuborgan. Jamoalar o‘rtasidagi eng yirik natija 2020 yilning birinchi davrasida kuzatilib, unda "Paxtakor" 5:0 hisobida yutuqqa erishgan.
"Bunyodkor" maydonida kechgan bellashuvlarda 5 g‘alaba, 3 durang va 9 mag‘lubiyat qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, "Bunyodkor" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 25 iyun, yakshanba kuni soat 20:00da "Bunyodkor" stadionida boshlanadi.

Fikrlar