"Bunyodkor" xorvatiyalik hujumchini mavsum oxiriga qadar qo‘lga kiritdi

  • 25.07.2024 21:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

O‘zPFLning ma’lum qilishicha, “Bunyodkor” klubi xorvatiyalik hujumchi Andriya Filipovich bilan yarim yillik shartnoma imzoladi.

Ma’lumot uchun, ushbu legioner 1997 yilning 18 aprel sanasida Xorvatiyada tavallud topgan.

Filipovichning oxirgi jamoasi Vengriyaning “Kishvarda” jamoasi hisoblanadi. Undan oldin esa Qozog‘iston chempionatida “Aktobe” va “Atirau” klublari sharafini himoya qilgan. Umuman olganda, 27 yoshli hujumchi shu paytgacha juda ko‘plab jamoalarda to‘p surgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!