"Bunyodkor" yulduzi qaytmoqda (Foto)

  • 14.07.2022 16:06
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Belarus poytaxti Minsk shahriga etib borgan “Bunyodkor” mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni boshlab yubordi.

Viktor Karpenko murabbiyligidagi jamoa tushdan so‘ng Minsk shahridagi ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi. Belarus futbol federatsiyasiga qarashli maydonda o‘tkazilgan mashg‘ulotda futbolchilarga og‘ir yuklamalar berilmadi. O‘yinchilar asosan to‘p bilan shug‘ullanishdi. Jiddiy jarohat sabab deyarli bir yilni maydondan tashqarida o‘tkazayotgan Farruh Ikromov umumiy guruhda mashg‘ulotlarni boshladi, ammo engil jarohati bor Suhrob Izzatov yakka tartibda yugurish bilan cheklandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

photo_2022-07-13_23-26-23

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!