"Bunyodkor"ning sobiq futbolchisi Vetnam chempionatiga ko‘chib o‘tdi

  • 23 avgust, 2024, 21:58
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Muxlislarimizga yaxshi tanish bo‘lgan futbolchilardan biri, qirg‘izistonlik 28 yoshli yarim himoyachi Odil Abdurahmonovning faoliyatida yangi sahifa ochildi.

Gap shundaki, futbolchi endi Vetnam “V” ligasida “Bin Duong” klubi sharafini himoya qiladi. Bu xususida Abdurahmonovning o‘zbekistonlik agenti Shaxriyor Eshboev Sports.uz jurnalisti bilan muloqot chog‘ida ma’lum qildi.

Shuningdek, Eshboev mijozining Vetnam jamoasi bilan 1+1 ko‘rinishida shartnoma imzolaganini ham qo‘shimcha qilib o‘tdi. U erda yangi futbol mavsumi sentyabr oyidan boshlanadi.

Ma’lumot uchun Odil Abdurahmonov 2021 va 2022 yilgi mavsumlarda “Bunyodkor” tarkibida to‘p surgan. Shundan keyin u Qozog‘istonning “Maktaaral” va Qirg‘izistonning “Neftchi” (Qo‘chqorota) jamoalarida ham faoliyat olib bordi. Abdurahmonov Qirg‘iziston milliy terma jamoasining a’zosi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!