Buskets "Barselona"dagilarga o‘z qarorini aytdi

  • 10.05.2023 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Barselona” sardori Serxi Buskets mavsum yakunlangach jamoani tark etishga qaror qildi.

Marca nashrining yozishicha, 34 yoshli ispaniyalik futbolchi yozda “ko‘k-anorranglilar” safini tark etishi haqida klub rahbariyati va jamoadoshlariga ma’lum qilgan. Ammo u bu haqda qachon rasman e’lon qilishi hozircha noma’lum. Balki u "Barselona" La Ligada chempion bo‘lguncha kutar. Bu "Espanol"ga qarshi keyingi o‘yinda sodir bo‘lishi ehtimoli bor.

Oldinroq ispaniyalik futbolchiga AQShning «Inter Mayami» va Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubidan takliflar borligi haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Buskets "Barselona" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoada debyutini 2008 yilda o‘tkazgan. Yarim himoyachi kataloniyaliklar tarkibida Ispaniya chempionatida sakkiz marta, mamlakat kubogi va Superkubogida etti marta, Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida uch marta g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!