Buskets faoliyatini “Barselona”da yakunlamoqchi emas

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kataloniyaning “Barselona” klubi xavbeki Serxio Buskets o‘zining futbolchilik faoliyatini “ko‘k-anor ranglilar” safida emas, aksincha AQSh chempionatida yakunlash niyatida ekanligi haqida gapirib o‘tdi.

“Men faoliyatimni MLSda (AQSh chempionati) yakunlamoqchiman. Keyin esa murabbiylikda ham o‘zimni sinab ko‘rmoqchiman”, - deydi Buskets Marca nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli futbolchining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!