Buskets fikridan qaytdi
"Barselona" yarim himoyachisi Serxio Buskets yozda jamoani tark etish haqidagi fikrini o‘zgartirdi, deb xabar berdi Mundo Deportivo. Avvalroq OAVda 34 yoshli yarim himoyachi kataloniyaliklar lagerida qolish niyatida emasligi va MLSga o‘tmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Qayd etilishicha, Busketsning qaroridagi burilish nuqtaga uning Xavi bilan muloqoti ta’sir o‘tkazgan. Ispaniyalik murabbiy futbolchiga u jamoaning muhim qismi ekanini tushuntirdi. Mutaxassis Busketsni kelishuvni uzaytirish masalasiga ko‘ndirgan.
Buskets o‘zining sobiq jamoadoshi Lionel Messi bilan MLSda qayta o‘ynamoqchi edi, biroq so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Leo "PSJ" bilan shartnomasini uzaytiradi va Parij klubini yaqin orada tark etmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Buskets "Barselona"da 2005 yildan buyon to‘p tepadi. U jamoa safida 696 ta o‘yin o‘tkazgan, Ispaniya terma jamoasi safida esa 143 ta bahsda maydonga tushgan. Serxio Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati yakunida terma jamoadagi faoliyatini yakunladi.
Fikrlar