
Buskets nega FIFAdan norozi?
"Barselona" klubi va Ispaniya terma jamoasi sardori Serxio Buskets FIFAning jahon chempionatini har ikki yilda o‘tkazish borasidagi taklifiga munosabat bildirdi.
“Jahon chempionatini har ikki yilda bir marta o‘tkazish masalasida futbolchilarning ta’siri juda kam. Bu erda shunchaki taqvimning o‘ta tig‘iz ekanini ko‘rish mumkin. Ularning futbolchilar bilan umuman ishi yo‘q.
Ular ko‘proq qit’a chempionatlari, jahon chempionatlari, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatlari, liga o‘yinlari va har boshqa bir qator turnirlarda ko‘proq o‘yinlar bo‘lishini xohlashadi.
Shunday paytlar bo‘ladiki, futbolchilar portlaydi, chunki o‘yinlar ko‘payib bormoqda va bizda dam olish uchun vaqt kamaymoqda.
Bularning barchasi ma’lum oqibatlarga olib keladi, shuning uchun yig‘ilish o‘tkazish va barcha taraflarni tinglash kerak”, - dedi Buskets.
Fikrlar