Buskets Puyolni ortda qoldirdi
“Barselona” yarim himoyachisi Serji Buskets kecha Ispaniya chempionatining “Real Sosedad”ga (2:1) qarshi bahsida ishtirok etdi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, bu 32 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun “ko‘k-anor ranglilar” safidagi 594-o‘yin bo‘ldi. Buskets bu borada afsonaviy Karles Puyolni (593) ortda qoldirdi va “Barselona” safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar orasida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Buskets ushbu o‘yinlarning 390 tasini La Ligada, 117 tasini Chempionlar ligasida, 64 tasini Ispaniya kubogida, 15 tasini Ispaniya Superkubogida, 5 tasini klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida va qolgan 3 tasini UEFA Superkubogida o‘tkazgan.
Fikrlar