Buskets: Sterlingni Messiga tenglashtirib bo‘lmaydi
"Barselona" klubi yarim himoyachisi Serxio Buskets "Manchester Siti" forvardi Raxim Sterlingni jamoadoshi Lionel Messi bilan tenglashtirmaslik lozimligini aytdi. Bu haqda Mirror nashri xabar tarqatmoqda.
“Sterling – yuqori sifatga ega ajoyib futbolchi, ammo uni Lionel Messi bilan umuman tenglashtirib bo‘lmaydi. Bu Raxim uchun yaxshi emas.
Ularning ikkalasi ham o‘z jamoalarida katta rol o‘ynashadi. Sterling asosan Angliyada mashhur bo‘lishi mumkin”, - deydi ispaniyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Sterling joriy mavsum “Manchester Siti” va Angliya terma jamoasida jami 8ta o‘yin o‘tkazdi va raqiblari darvozasiga 8ta gol urdi. Messi esa jarohati sabab hozircha maydonga tushgani yo‘q.

Fikrlar