Butunjahon armiya o‘yinlari. Ertaga ochilish marosimi
18-27 oktyabr kunlari Xitoyning Uxan shahrida VII Butunjahon armiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston 12 yillik tanaffusdan ushbu o‘yinlarda ishtirok etishi haqida oldinroq xabar bergandik. Bu yilgi armiya o‘yinlarida dunyoning 136 dan ortiq mamlakatidan kelgan sportchilar 27 ta sport turi bo‘yicha kurash olib borishadi.
Ushbu musobaqada taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 16 nafar sportchi bilan qatnashadi. Taekvondo bahslari 23-26 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Quyida taekvondochilarimiz qaysi sanada dayanga chiqishi keltirib o‘tilgan:
23 oktyabr
-49 kg Mannopova Madinabonu
-73 kg Ergasheva Maftuna
+87 kg Shokin Dmitriy
-74 kg Zokirov Xojiakbar
24 oktyabr
-46 kg Azamova Shoxsanam
+73 kg Osipova Svetlana
-58 kg Rashitov Ulug‘bek
-68 kg Toirov Sardor
25 oktyabr
-53 kg Qayumova Charos
-62 kg Sadiqova Feruza
-54 kg Turg‘anbekov Otabek
-63 kg Po‘latov Niyoz
26 oktyabr
-57 kg Mamadibragimova Dinoraxon
-67 kg Tursunqulova Nigora
-80 kg Rafalovich Nikita
-87 kg Salaev Shuhrat
Manba: O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar