Butunjahon jang san’atlari festivalida O‘zbekiston 1-o‘rinni egalladi (FOTO)

CHERY AUTO

Ayni damda, Janubiy Koreyada bo‘lib turgan muhbirimiz Erkin G‘aybullaevning ma’lum qilishicha, terma jamoamiz Butunjahon jang san’atlari bo‘yicha o‘z chiqishlarini namoyish etishdi.

Tecno

2 sentyabr kuni Butunjahon jang san’ati festivali bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 10 ga yaqin davlat ishtirok etdi.

E’tiborli tomoni, ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi faxrliy birinchi o‘rinni egalladi.

Hindiston terma jamoasi ikkinchi, Filippin esa uchinchi pog‘onadan joy oldi.

60 kg vazn toifasida Muhammadaminov Xayrulla birinchi o‘rinni egalladi, 55 kg vazn toifasida Isoqov Umrzoq, 56 kg vazn toifasidan Rashidova Gavharshodbegim ham birinchi bo‘lishdi.

Shuningdek, yoshlardan Qo‘shboqova Sarvinoz ham g‘olib bo‘ldi va yana bir qator sportchilarimiz sovrinli o‘rinlardan joy olib, umumiy 25 ta medal bilan taqdirlanishdi.

Ushbu musobaqada o‘zbek jang san’ati yo‘nalishidagi jahon chempionatining mutloq g‘olibiga aylandik.

Musbaqaga tashrif buyurgan barcha mehmonlarga chiqishlarimiz manzur bo‘ldi va ular hursand bo‘lishdi.

Bundan tashqari, Hindiston davlatining tankta sport turi bo‘yicha jano ochiq chempionati o‘tkazildi. Bu yo‘nalishda ham O‘zbekiston va jahonning bir necha dalvatlari ishtirok etdi. Yoshlarimiz ushbu yo‘nalishda ham yaxshi natijalarga erishishdi va umumiy natijaga ko‘ra, 2-o‘rinni egalladik.

Musobaqani ustozimiz Mirpo‘lat Usmonov ham kuzatib bordi va so‘zga chiqish qilib, barchani tabrikladilar. G‘oliblarimiz esdalik sovg‘alar bilan mukofotlandilar.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!