Buuum! Mourinoni Saudiya Arabistoni bosh murabbiylik postida kutishyapti
"Roma" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino Saudiya Arabistonida ish boshlashi mumkin. Bu haqda "Corriere dello Sport" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Jozega milliy terma jamoa bosh murabbiyligi uchun 120 million evro (60 milliondan 2 yillik shartnoma) taklif qilingan. Shuningdek, uning oldida Krishtianu Ronaldu to‘p tepadigan "An-Nasr" jamoasini boshqarish varianti ham mavjud.
Qolaversa, portugaliyalik mutaxassis o‘z xohishiga ko‘ra birinchi mavsumdan keyin shartnomani bekor qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Biroq hozircha Mourino Italiyadan ketish niyatida emas.
Fikrlar